“Barkamol avlod” bolalar maktablarida qanday elektron xizmatlar ko‘rsatiladi?

    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan sohani raqamlashtirish, elektron xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va yangi xizmatlarni joriy etish bo‘yicha muntazam ravishda ishlar olib borilmoqda.

    Xususan, "Barkamol avlod" bolalar maktablarining umumiy maʼlumotlari (hududi, toʻgaraklar faoliyati, joylashuvi va h.k) oʻz ichiga olgan "Barkamol avlod" bolalar maktablarining maʼlumotlar telegram boti ishlab chiqilib, barcha maʼlumotlarni elektron tarzda shakllantirish ishlari boshlandi.

    Art Shop - "Barkamol avlod" bolalar maktablarida tayyorlangan mahsulotlarini reklama qilish va sotish uchun moʻljallangan elektron savdo platformasi.

    Taklif va murojaatlar telegram-boti - bunda, siz vaqtingizni tejagan holda, ortiqcha ovoragarchiliksiz oʻz murojaat va takliflaringizni yozib qoldirishingiz mumkin.

    BABM shop bot orqali “Barkamol avlod” bolalar maktablarining toʻgarak aʼzolari tomonidan tayyorlangan qoʻl mehnatlarini TELEGRAMni oʻzida reklama qilish, sotish va sotib olish imkoniyatlari mavjud.