Jenisbek Piyazov o'z akademiyasini ochdi

    U erda talanti bor-u puli yo'qlar bepul o'qitiladi, avtomobil` olish imkoni ham bor.

    Ushbu xayrli ishga mashhur opera xonandasi 3 yil deganda erishdi. Unga Prezidentimizning "Har bir san'atkor o'z maktabini ochishi va shogirdlar tayyorlashi kerak", degan da'vatkor so'zlari kuch berdi.

    Akademiyada 3 yo'nalish bo'yicha darslar olib boriladi. Opera san'atidan tashqari nutq mahorati, aktyorlik mahorati ham o'rgatiladi.

    Boshlovchilik va nutq mahoratini taniqli boshlovchi Jamshidbek Umrzoqov olib boradi.

    Har yili o'quvchilar uchun konkurs o'tkazilib, g'olib bo'lgan xonandaga avtomobil` berilishi ko'zda tutilgan.

    Akademiyaga ko'p o'quvchi qabul qilinmaydi, asosiy urg'u sifatga qaraladi. Darslar 2 oktyabrdan boshlanadi, darslarga xorijiy mutaxassislar jalb qilinadi.

    Ovoz diapazoni keng, mahorat egalari Evropa mamlakatlarida tahsil olib qaytishadi.