Sal oldinroq Myunxen filarmoniyasi orkestri ham Valeriy Gergiyevni ishdan boʻshatgan edi. Shu munosabat bilan dirijyor rahbarligida Parij filarmoniyasi va Kornegi xollda oʻtishi kerak boʻlgan konsertlar bekor qilindi.

Milanning La Skala teatri Anna Netrebkoning “kasalligi” tufayli mart oyidagi uning ishtirokidagi konsertlarni bekor qilgan edi. Netrebka bunga javoban, hech qanday kasal emasligini, lekin konsert berish uchun Milanga bormasligini bildirdi.

Gʻarb matbuoti xabarlariga qaraganda, bu ikki sanʼatkor bugungi Rossiya davlat siyosatidan uzoqroq turmagani uchun shunday qarorlar qabul qilingan.