Jizzax viloyatining Baxmal tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan “Fidokor” MFY hududiga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan 1332 tup manzarali koʻchatlarning 450 tupi suvsizlik oqibatida qurib qolgan.
Bu bilan “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning 4, 24, 32-moddalari talablari buzilganligi bois, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boʻlim boshligʻiga MJtKning 79-moddasi 3-qismiga asosan BHMning 10 barobari, yaʼni 3 mln 300 ming soʻm miqdorida jarima qoʻllanilgan.
Koʻchat va daraxtlarni quritib qoʻyganlik holati boʻyicha oʻrganishlar respublikaning barcha hududlari boʻylab davom etmoqda.