Baxmal tumanida zaʼfaron yetishtirish va qayta ishlashni yoʻlga qoʻyish uchun 30 million dollardan ziyod mablagʻ ajratiladi

    Agrosektor 16 Fevral 2021 1512

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-fevral kuni Jizzax viloyatining investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

    Bugungi kunda mamlakatimizda shu sohaga ixtisoslashgan 7 ta klaster faoliyat yuritmoqda. Xususan, “BMB Trade Group” klasteri tomonidan Baxmal tumanida zaʼfaron yetishtirish va qayta ishlash yoʻlga qoʻyilmoqda. 30 million dollardan ziyod qiymatdagi ushbu loyiha natijasida 200 kishi ishli boʻladi.

    Shuningdek, qishloq xoʻjaligida chorvachilik, parrandachilik, goʻsht va sutni qayta ishlash, ipak mato ishlab chiqarish kabi bir nechta loyihalar moʻljallangan.

    Taqdimotda ushbu loyihalarning iqtisodiy samaradorligi, moliyalashtirish manbalari va infratuzilma masalalari muhokama qilindi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatining salohiyati bundan ancha katta ekanini, koʻplab yirik loyihalarni amalga oshirish mumkinligini taʼkidladi. Toʻqimachilikda mahalliylashtirishni chuqurlashtirib, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi oʻzlashtirilayotgan yerlarda talab yuqori meva-sabzavotlar yetishtirib, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, yerosti maʼdanlarini oʻzlashtirishga xorijiy investitsiyalar jalb etish boʻyicha topshiriqlar berildi.