Bugungi kunda mamlakatimizda shu sohaga ixtisoslashgan 7 ta klaster faoliyat yuritmoqda. Xususan, “BMB Trade Group” klasteri tomonidan Baxmal tumanida zaʼfaron yetishtirish va qayta ishlash yoʻlga qoʻyilmoqda. 30 million dollardan ziyod qiymatdagi ushbu loyiha natijasida 200 kishi ishli boʻladi.
Shuningdek, qishloq xoʻjaligida chorvachilik, parrandachilik, goʻsht va sutni qayta ishlash, ipak mato ishlab chiqarish kabi bir nechta loyihalar moʻljallangan.
Taqdimotda ushbu loyihalarning iqtisodiy samaradorligi, moliyalashtirish manbalari va infratuzilma masalalari muhokama qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatining salohiyati bundan ancha katta ekanini, koʻplab yirik loyihalarni amalga oshirish mumkinligini taʼkidladi. Toʻqimachilikda mahalliylashtirishni chuqurlashtirib, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi oʻzlashtirilayotgan yerlarda talab yuqori meva-sabzavotlar yetishtirib, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, yerosti maʼdanlarini oʻzlashtirishga xorijiy investitsiyalar jalb etish boʻyicha topshiriqlar berildi.