Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanining “Gʻoʻrin-Gilambob” mahallasidagi 90- hamda “Bogʻiobod” mahallasidagi 107-saylov uchastkalarida bugun baxt ostonasiga qadam qoʻyayotgan yosh oila vakillari ham oʻz kelajaklariga befarq boʻlmagan holda saylovda faol ishtirok etdi.

Baxtibek Mirzayev va Mahliyo Mamatqobilova hamda Shahboz Qarshiyev va Aziza Ismoilova juftliklari yangi oila qurish arafasida munosib nomzodga ovoz berdi, deb xabar beradi Surxondaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati Sherobod tumani hokimligi maʼlumotiga tayanib.