“Baxtiyor Ixtiyorov: Meni maftun qilgan ertaklar” deb nomlangan ikki qismli mazkur hujjatli film “Vatan timsoli” turkum filmlaridan biri.
Unda Oʻzbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov hayoti va ijodi haqida hikoya qilinadi.
Film ssenariy mualliflari Joʻrabek Roʻzmetov va Dilshod Salomov, postanovkachi rejissyor Joʻrabek Roʻzmetov, postanovkachi operator Iqbol Meliqoʻziyev, postanovkachi rassom Isobek Egamberdiyev.
Filmida Ubaydulla Omon, Muhammadjon Rafiqov, Xayrulla Saʼdiyev, Elyor Eshmuhammedov, Murod Rajabovlarning intervyularidan foydalanilgan. Filmning syomka jarayonlari Buxoro viloyati va Toshkent shahrida boʻlib oʻtmoqda.
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati