Uchrashuvda ikki xalq oʻrtasidagi chuqur ildiz otgan doʻstlik va tobora mustahkamlanib borayotgan hamkorlik oʻz ifodasini topgani, savdo, sarmoya, oʻzaro bogʻliqlik va mintaqaviy rivojlanish sohalarida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini oʻrganib chiqildi.

“Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Janobi Oliylarining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochishini taʼkidladik. Umumiy farovonlik yoʻlida birgalikda ishlashga sodiqligimizni tasdiqladik. Uning ikki tomonlama aloqalarimizni mustahkamlash borasidagi gʻoyalari va fidoyiligini yuqori qadrlaymiz“, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.