Baxtiyor Saidov Afgʻonistonning mamlakatimizdagi elchisi bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 11 Iyul 2025 1365

    Shu yilning 11-iyul kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afgʻonistonning mamlakatimizdagi elchisi Abdul Gʻaffor Teraviy bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildik.

    Biz Afgʻonistonda barqaror rivojlanishni doimo qoʻllab-quvvatlaymiz. Afgʻonistonni mintaqaviy va global taʼminot zanjirlariga integratsiya qilish muhim vazifalardan biri boʻlib qolmoqda. Shubhasiz, iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, oʻzaro bogʻliqlikni kuchaytirish va faol sheriklikni ilgari surish keng mintaqamizda barqarorlik va farovonlikka xizmat qiladi, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.