баннер
1 Apr 2025
08:14

    Baxtiyor Saidov Ashxobod shahrida Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashdi

    Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ashxobod shahrida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining eng samimiy salomlarini yetkazdi.

    “Bugun Ashxobodda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Janobi Oliylari tomonidan qabul qilinganimizdan mamnunmiz. Davlatlarimiz rahbarlari oʻrtasidagi mustahkam doʻstlik va oʻzaro ishonch Oʻzbekiston-Turkmaniston strategik sherikligini barcha sohalarda chuqurlashtirish, hamkorlik va farovonlikni yanada barqarorlashtirishda mustahkam tayanch boʻlib xizmat qilmoqda“, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech