Xitoyning muvaffaqiyatli raisligini va koʻrsatilgan samimiy mehmondoʻstlikni yuksak qadrlaymiz, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida. — Boʻlajak Davlat rahbarlari sammitida qabul qilinadigan SHHT–2035 Rivojlanish strategiyasi, Tyanjin deklaratsiyasi hamda savdo, transport va xavfsizlik sohalaridagi amaliy tashabbuslar keng mintaqamiz farovonligi yoʻlida xizmat qilishiga ishonamiz.
Global chaqiriqlar ortib borayotgan bugungi sharoitda SHHT oilasidagi birlik har qachongidan ham muhim. Oʻzbekiston barcha aʼzo davlatlar bilan tinch, farovon va oʻzaro bogʻliq kelajak sari faol hamkorlik qilishga tayyor.








