Bugun biz Istanbul shahrida IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasida jahonda beqarorlik kuchayib borayotgan oʻta notinch va murakkab bir paytda yigʻildik. Diplomatiya asosida zarur yechimlarni ishlab chiqish uchun umumiy saʼy-harakatlarimizni birlashtirish muhim ahamiyatga ega. Biz doimo barcha ziddiyatlarni muzokara yoʻli bilan hal etishga chaqirganmiz, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.
Markaziy Osiyo mintaqasi hech qachon hozirgidek birlashmagan edi – biz har qanday masalaga barcha uchun manfaatli eng maqbul yechimlarni birgalikda topishimiz mumkinligini amalda isbotladik.
Oʻzbekiston birlik, adolat va muloqot tarafdoridir – ayniqsa, islom olamida keskinlashib borayotgan mojarolar fonida bu yanada dolzarbdir. Biz tinchlikka erishish, xalqaro huquq normalariga rioya qilish va insonparvarlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash zaruratini yana bir bor qatʼiy taʼkidladik.