Baxtiyor Saidov Nikaraguaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi bilan uchrashdi

    Shu yilning 16-oktyabr kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nikaraguaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan va birinchi Elchisi Tatyana Daniela Garsiya Silva xonim bilan uchrashdi.

    Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.

    Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarda foydalanilmayotgan ulkan imkoniyatlarni oʻrganish mexanizmlarini muhokama qilindi.

    — Tashqi ishlar vazirliklari aloqalarimizda, ayniqsa, iqtisodiy jihatdan aniq natijalarga erishishda lokomotiv vazifasini bajarishlari lozim. Elchi xonimga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz, — deydi Baxtiyor Saidov.