Bayram kunlari metro poyezdlarining harakatlanish jadvali maʼlum qilindi

    Toshkent metrosida bayram kunlari poyezdlar harakati odatdagidan 1 soat oldin boshlanadi.

    “Ramazon Hayiti” ayyomi kunida metro poyezdlari harakati odatdagidan 1 soat oldin, yaʼni soat 04:00 dan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshlaydi.

    Shuningdek, bayram munosabati bilan belgilangan qoʻshimcha dam olish kunlarida (11,12,14-aprel) metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadvalda va 13-aprel sanasida esa, odatiy ish kunlari uchun belgilangan grafik asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.