Bayram kunlari poytaxt koʻchalarida avtobus yoʻnalishlarining faoliyati tartibi maʼlum qilindi

    Ramazon hayiti kuni poytaxt avtobuslari soat 04:00 dan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshlaydi.

    Bayram kunlari “Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yoʻnalishlarining faoliyati quyidagi tartibda tashkil etiladi

    10-aprel, chorshanba – Ramazon hayiti kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida. Yoʻnalishlarda ish boshlash vaqti soat 04:00 dan;

    11-aprel payshanba – qoʻshimcha dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

    12-aprel, juma – qoʻshimcha dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

    13-aprel, shanba – ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

    14-aprel, yakshanba – dam olish kuni. Yakshanba uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.