Yurtim bayrogʻini vasf etar chogʻi,
Koʻngillar suv ichar, soʻzlarim - qayroq.
Togʻlaru bogʻlarning dingdir qulogʻi,
Qoʻl silkir quyosh ham - eng koʻhna bayroq...
Koʻpirib-toshadi tomirlarda qon,
Uygʻonib Alpomish otiga minar.
Nafasim boʻgʻzimga tiqilar shu on,
Eng qattol dushmanim - mudroqlik sinar...
Bayroq boʻlgim kelar bayroqqa boqib,
Bayroq boʻlishgan-ku Toʻmaris, Shiroq.
Ozodlik darsiga qoʻngʻiroq qoqib,
Jaloliddin kelar qoʻlida chiroq...
Qancha-qancha yurt bor bu olam aro,
Bayrogʻi boʻlmasa barchasi bekor.
Gʻaflatda yotmagay ozod fuqaro,
Chin bayroq uxlamas - hilpirar bedor...
Yurtim bayrogʻini vasf etar chogʻi,
Soʻnggi soʻzim budir: bayroq - muallim.
Paxta chanogʻiyu bugʻdoy boshogʻi,
Shunday boʻlsin deya boqib turar jim...
... Birdan potrab ketar tegramda qushlar,
Xonishlari tutar moviy osmonni.
Dunyo qoʻllarimdan mahkamroq ushlar,
Unga bayroq qilgum Oʻzbekistonni!
Muhammad VALI.
BAYROQ
.
Oʻzbekistonda qayta tiklanuvchi energiyaning jami generatsiyadagi ulushi 31 foizga ko‘tarildi
- Yaponiyada ichak saratoniga chalingan bemorlar masofadan turib, robot yordamida operatsiya qilindi
- O‘zbekistonda 40 yosh va undan katta yoshli talabalar soni qancha?
- Bolalar saratoni: Davolash xarajatlarini to‘liq qoplash tizimi yaratiladi
- Og‘ir xastalikka chalingan vatandoshimiz Novosibirskdan O‘zbekistonga qaytarildi
- Turonbankda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi 81 ball bilan baholandi
Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- 2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Namanganda 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi Bosh prokuror nazoratiga olindi
- Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi
- O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
- Ohangaronda bogʻchada tarbiyalanuvchi bola hasharotlarga qarshi vositani ichib, vafot etdi