Yurtim bayrogʻini vasf etar chogʻi,
Koʻngillar suv ichar, soʻzlarim - qayroq.
Togʻlaru bogʻlarning dingdir qulogʻi,
Qoʻl silkir quyosh ham - eng koʻhna bayroq...
Koʻpirib-toshadi tomirlarda qon,
Uygʻonib Alpomish otiga minar.
Nafasim boʻgʻzimga tiqilar shu on,
Eng qattol dushmanim - mudroqlik sinar...
Bayroq boʻlgim kelar bayroqqa boqib,
Bayroq boʻlishgan-ku Toʻmaris, Shiroq.
Ozodlik darsiga qoʻngʻiroq qoqib,
Jaloliddin kelar qoʻlida chiroq...
Qancha-qancha yurt bor bu olam aro,
Bayrogʻi boʻlmasa barchasi bekor.
Gʻaflatda yotmagay ozod fuqaro,
Chin bayroq uxlamas - hilpirar bedor...
Yurtim bayrogʻini vasf etar chogʻi,
Soʻnggi soʻzim budir: bayroq - muallim.
Paxta chanogʻiyu bugʻdoy boshogʻi,
Shunday boʻlsin deya boqib turar jim...
... Birdan potrab ketar tegramda qushlar,
Xonishlari tutar moviy osmonni.
Dunyo qoʻllarimdan mahkamroq ushlar,
Unga bayroq qilgum Oʻzbekistonni!
Muhammad VALI.
BAYROQ
.
Oʻzbekistonda CAFA U-17 Women’s Championship 2026 chempionati oʻtkaziladi
- Murojaatlar bilan ishlashda kamchilikka yo‘l qo‘ygan 151 nafar mansabdor lavozimidan olindi
- Qarshida qator qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yib, bola hayotiga xavf solgan Damas haydovchisi ushlandi
- Antoniu Guterrish BMTni zamonaviy voqelik asosida isloh qilishga chaqirdi
- The Chosun gazetasiда Shavkat Mirziyoyevнинг maqolasi e’lon qilindi
- Sud hokimiyati organlari faoliyatini moliyalashtirish tartibi belgilandi
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?
- “Chorvoq”da cho‘kib ketgan ota va ikki o‘g‘il hodisasi tafsilotlari ma’lum qilindi
- Bakalavriatni imtiyozli diplom bilan bitirganlarga malaka toifasi beriladi
- Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi
- Mustaqillik bayrami arafasida fidoyi vatandoshlarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi