Inspektsiyaning axborot xizmati ma'lum qilishicha (https://t.me/gisuz/946), "Vangiri" nomli xorij raqamidan qo'ng'iroqni amalga oshirib, abonent ushbu raqamga qaytib qo'ng'iroq qilganidan keyin uning hisobidan katta miqdordagi mablag'ni echib olish holatlari kuzatilgan. 

 Firibgarlar abonentga telefon qilib, unga javob berilmasidan ilgari aloqani uzib qo'yadi. Muayyan odamlar esa xorijdan qilingan va o'tkazib yuborilgan begona raqamga qaytib qo'ng'iroq qilishi oqibatida ularning hisobidan katta miqdordagi mablag' echib olinadi.

 SHuningdek, mobil aloqa operatorlardan olingan ma'lumotlarga ko'ra karantin davrida plastik kartalarni elektron tizimlar orqali boshqarilishida uchragan shubhali harakatlar monitoring kilinib, firibgarlikni oldini olish borasida tegishli choralar ko'rilmokda.

“O'zkomnazorat” davlat inspektsiyasi bu kabi salbiy holatlarning oldini olish uchun begona raqamdan, xorijdan qo'ng'iroq bo'lgan va u o'tkazib yuborilgan bo'lsa raqamni qaytib termaslik, plastik karta raqami, pasport seriyasi va boshqa shaxsiy ma'lumotlarni begonalarga oshkor qilmaslik, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaslikni tavsiya qiladi.