Behbudiy haqida hujjatli film suratga olinmoqda

    Madaniyat 7 Iyul 2021 1497

    Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Brand pro media” kinostudiyasi tomonidan Mahmudxoʻja Behbudiy haqida hujjatli film tasvirga olinmoqda.

    Filmda taniqli dramaturg, publitsist, jamoat arbobi Behbudiyning hayot va ijod yoʻli haqida hikoya qilinadi. Film ssenariy muallifi Abduxamid Muxtorov, rejissyor Ibrohim Ahmedov, operator Sardor Anvarov. Hujjatli filmning suratga olish ishlari Samarqand va Toshkentda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

    Oʻtgan yil rejissyor Baqo Sodiqovning “Mahmudxoʻja Behbudiy” tarixiy-badiiy filmining premyerasi boʻlib oʻtgan edi. Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligi bagʻishlab mazkur badiiy film asosida 6 qismli serial ham yaratildi. “Mahmudxoʻja Behbudiy” serialining ssenariy mualliflari Baqo Sodiqov va Ulugʻbek Sodiqov, rejissyor Baqo Sodiqov.