Holat Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Toshkent viloyati Milliy Gvardiya boshqarmasi hamda Ekopolitsiya inspektorlari tomonidan oʻrganildi.
Ushbu holat boʻyicha oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida shu aniq boʻldiki, Bekobod tumanining “Saryuz” MFY hududida fuqaro O.X. va bir guruh fuqarolar tomonidan 64 tup qaragʻay daraxti noqonuniy ravishda tag qismi bilan kesib olib ketilgan. Aniqlangan holat yuzasidan fuqaroga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan baʼzaviy hisoblash miqdorining besh barobari 1 mln 350 ming soʻm jarima belgilandi va 1 mlrd 575 mln soʻm oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblandi.
Barcha tegishli hujjatlar jamlanib, ish huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi, deya xabar berdi Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish boshqarmasi axborot xizmati.