“Uzbekistan Global Tour”da uchinchi bosqich gʻoliblari aniqlandi

    Sport 17 Mart 2025 534

    Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” majmuasida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha “Uzbekistan Global Tour” musobaqasining navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtdi.

    Unda yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan mohir chavandozlar bahsida quyidagi sportchilar oʻz yoʻnalishida gʻalaba qozondi:

    “A” toifasi, 135 sm (toʻsiq balandligi): Oqil Sobirjonov (“Paris” laqabli otda);
    “D” (120 sm): Saidamirxon Turgʻunboyev (“Cornet BS”);
    “B” (115 sm): Dilshod Shokirov (“Kaskat”);
    “E” (110 sm): Mila Isroilova (“Shef blue”);
    “C” (105 sm): Asal Saidahmedova (“Karina”);
    “F” (95 sm): Mumtozbegim Hakimova (“Champion”);
    Boshlangʻich otlar: Nigʻmat Ismoilov (“Akstafa”).