Belarus bilan turizm va aviatsiya boʻyicha hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

    Transport 15 Sentabr 2024 361

    Turizm qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Jamshid Abdusalomov Belarusning “Belavia” aviakompaniyasining marketing va tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha bosh direktori oʻrinbosari Vladimir Barkun bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Muhokamaning asosiy mavzusi turizmni rivojlantirish istiqbollari va Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasida aviatsiya sohasidagi hamkorlik boʻldi.

    Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekistonga Belarusdan kelayotgan sayyohlar soni ayniqsa pandemiyadan soʻng ortib borgan va 2023-yilda bu koʻrsatkich 15 ming kishidan oshgan.

    Kelgusi hamkorlik boʻyicha takliflar qatorida tomonlar Oʻzbekiston va Belarusning muhim shaharlari oʻrtasida yangi yoʻnalishlarni rivojlantirish va parvozlar sonini oshirish, qoʻshma marketing kampaniyalarini oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston aeroportlaridan janubiy yoʻnalishlar uchun tranzit xab sifatida foydalanishni qayd etdilar.

    Shuningdek, Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi turizm va aviatsiya sohasidagi sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va sayyohlik oqimining oʻsishini ragʻbatlantirishga xizmat qilishi alohida taʼkidlandi.

    Va bunda ikki davlat oʻrtasidagi turizm aloqalarini rivojlantirish uchun birgalikdagi saʼy-harakatlar muhimligi eʼtiborga olindi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.