Belarus MSK Lukashenkoni prezidentlikka nomzod sifatida ro'yxatga olish uchun hujjatlarni qabul qildi

    Belarus Markaziy saylov komissiyasi amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenkoni prezidentlikka nomzod sifatida ro'yxatga olish uchun hujjatlarni qabul qildi.

    BelTAning xabar berishicha, Lukashenkoning ishonchnomasi bo'yicha barcha kerakli hujjatlar MSKga uning tashabbuskor guruhi rahbari Yuriy Senko tomonidan taqdim etildi.

    MSK prezidentlikka nomzod sifatida ko'rsatilgan shaxs komissiyaga saylovda qatnashish uchun yozma ariza, biografik ma'lumot, ish joyi, egallab turgan lavozimi va boshqalar to'g'risidagi ma'lumotlarni tasdiqlovchi ma'lumotnoma yoki hujjatlar nusxasini taqdim etishini eslatib o'tdi. Prezidentlikka nomzod sifatida ro'yxatdan o'tish uchun kamida 100 ming saylovchi imzosini to'plash kerak edi.

    Belarusda prezidentlik saylovlari 2025-yil 26-yanvarda bo'lib o'tadi. Prezidentlikka nomzodlar sifatida MSKda ro'yxatdan o'tish uchun Belarus Kommunistik partiyasi Markaziy Qo'mitasining birinchi kotibi Sergey Sirankov, Respublika mehnat va adolat partiyasi raisi Aleksandr Xijnyak, Belarus Liberal-demokratik partiyasi raisi Oleg Gaydukevich va yakka tartibdagi tadbirkor Anna Kanopatskaya hujjatlarini ham taqdim etdi, deb xabar beradi tass.ru.