Turizm  va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federatsiyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur chempionatda mamlakatimizning barcha hududlaridan 200 ga yaqin polvonlar ishtirok etmoqda.

Musobaqa ochilish marosimida so'zga chiqqan O'zbekiston belbog'li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari Xurshidjon Ahmedov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining Farg'ona viloyati bo'yicha vakili Sevara Dehqonova yurtimizda keyingi yillarda jismoniy tarbiya va sportga, milliy sport turlariga, xususan, sportning aholi orasida ommaviyligini ta'minlash kabi ishlarga alohida e'tibor qaratilayotgani haqida ta'kidlab, polvonlarlarga omad tiladi.

Shu tariqa kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionatiga start berildi.

Ta'kidlash joiz, ushbu bellashuvlarda erkaklar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 8 vazn toifasida, ayollar erkin yo'nalishda 5 vazn toifasida g'oliblik uchun kurashadi.

Bellashuvlar 1 iyunga qadar davom etadi.