Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 300 dan ortiq yosh polvonlar ishtirok etgan chempionatda oʻgʻil bolalar erkin va klassik yoʻnalishida 11 vazn toifasida, qizlar erkin yoʻnalishda 7 vazn toifasida gʻoliblik uchun kurashdi.
Oʻgʻil bolalar oʻrtasida belbogʻli kurashning erkin yoʻnalishi boʻyicha Shohjahon Abdullayev (Fargʻona, 42 kg.), Samandar Burxonov (Jizzax, 45 kg.), Sardor Abdullayev (Toshkent vil., 50 kg.), Shoxruh Primov (Navoiy 55 kg.), Quvonch Xurramov (Samarqand, 60 kg.), Asilbek Tojiboyev (Toshkent sh., 65 kg.), Hojiakbar Noʻmonov (Andijon, 71 kg.), Abdukarim Toshpoʻlatov (Samarqand, 77 kg.), Muhammadyusuf Mamajonov (Fargʻona, 85 kg.), Navroʻz Mamayusupov (Navoiy, 95 kg.), Akobir Qurbonov (Buxoro, +95 kg.) birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Klassik yoʻnalishda Ahror Gʻofurjonov (Namangan, 42 kg.), Humoyunmirzo Biloldinov (Andijon, 45 kg.), Shuhratbek Qirgʻizboyev (Andijon, 50 kg.), Abbos Ahmadjonov (Namangan, 55 kg.), Samandar Soliyev (Fargʻona, 60 kg.), Ilyosbek Yuldoshev (Andijon, 65 kg.), Ozodbek Abdusattorov (Fargʻona, 71 kg.), Muhammadqodir Karimjonov (Toshkent sh., 77 kg.), Olloberdi Karimberdiyev (Toshkent vil., 85 kg.), Eldor Mahmudov (Toshkent sh., 95 kg.), Doston Ismatullayev (Sirdaryo, +95 kg.) gʻolib boʻldi.
Qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan erkin yoʻnalishda esa Jasmina Maʼmurjonova (Fargʻona, 44 kg.), Gulsanam Abdukarimova (Fargʻona, 48 kg.), Feruza Sobirova (Namangan, 52 kg.), Muslima Tursunaliyeva (Andijon, 57 kg.), Feruza Yusupjonova (Namangan, 63 kg.), Oydina Ergasheva (Namangan, 70 kg.), Xurshidaxon Oslonboyeva (Fargʻona, +70 kg.) chempionlik shohsupasiga koʻtarildi.
Gʻolib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Ilhom Rahmonov