Bu haqda Kazinform xabarida aytilishicha, dushanba kuni shahar meri Filipp Klouz Sarani tabrikladi va unga emlanganlik guvohnomasini topshirdi. Taqdirlash marosimi videosini F.Klouz Twitterda joylashtirgan.
Bel`giyada 12 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan bolalarni o'z ixtiyori bilan emlash mumkin. Buning uchun bolaning ota-onasi (vasiylari) yoki ularning yozma ruxsatnomasi bo'lishi shart.
2 avgust holatiga ko'ra, Bel`giyada 8 million kishi COVID-19 vaktsinasining birinchi komponenti bilan emlangan. Bundan tashqari, taxminan 7 million odam vaktsinaning ikkala komponentini qabul qilgan. Bu Bel`giya aholisi katta yoshdagilarining 73,4 foizini va umumiy aholining 59,3 foizini tashkil qiladi.