Aminmanki, qashqadaryoliklar barcha islohotlarimizning oldingi safida boʻladi – Prezident

    Yigʻilishda viloyat va respublika mutasaddilarining hisobotlari, tadbirkor va faollarning takliflari tinglandi.

    “Koʻrib turganingizdek, Qashqadaryoda amalga oshirishni rejalashtirgan ishlarimiz koʻlami keng. Lekin bugungi shiddatli oʻzgarishlar zamoni bizdan yanada koʻproq izlanishni taqozo etayapti.

    Belni mahkam bogʻlab ishga kirishsak, biz ololmaydigan marra, biz zabt eta olmaydigan dovonning oʻzi yoʻq.

    Amir Temurdek buyuk ajdodimizdan jasorat, matonat, bagʻrikenglik kabi fazilatlarni meros qilib olgan mehnatsevar, samimiy va oliyjanob Qashqadaryo ahli bilan oldimizga qoʻygan katta-katta marralarga albatta erishamiz. Aminmanki, qashqadaryoliklar barcha islohotlarimizning oldingi safida boʻladi“, – dedi davlatimiz rahbari soʻzining yakunida.