Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi hamda Amerika Qoʼshma Shtatlari Minnesota shtati Bemidji davlat universiteti oʼrtasida hamkorlik aloqalari yoʼlga qoʼyildi.

Bunda R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi oʼqituvchilarining malakasini oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni oʼrganish va tajriba almashish, ikki taʼlim muassasasining iqtidorli yoshlari ishtirokida qoʼshma konsertlar tashkil yetish va koʼrik-tanlovlar oʼtkazish, shuningdek, Bemidji davlat universitetining tajribali professor-oʼqituvchilari tomonidan mahorat darslari oʼtkazishga kelishib olindi.