Kiberxavfsizlik markazi kiberhujumlardan va firibgarlar aldovidan himoyalanish uchun quyidagi maslahatlarga rioya etishimizni tavsiya etmoqda:
— Bank dasturlarini faqat rasmiy manbalardan yuklab oling. Ularning bank tomonidan tavsiya etilgan roʻyxatda boʻlganlari yaxshiroqdir;
— Shaxsiy maʼlumotlaringizni telefon orqali, shaxsan, elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali hech kim bilan baham koʻrmang;
— Bank ilovalaridagi hisoblaringizni kuzatib boring;
— Bepul Wi-Fi ulanish nuqtalariga ulanmang. Buzgʻunchilar soxta tarmoq yaratishi yoki xavfsiz boʻlmagan Wi-Fi maydoniga kirishi va maʼlumotlaringizni oʻgʻirlashi mumkin;
— Fishing urinishlaridan ehtiyot boʻling. Elektron pochta xabarlaridagi havolalarni bosmang.