Holat boʻyicha “Toshkent metropoliteni” DUK maʼlumot berdi.
Shu yilning 16-sentabr kuni soat 13:23 lar atrofida “Oʻzbekiston” yoʻnalishining “Kosmonavtlar” bekatidan harakatlanishi lozim boʻlgan 33-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatildi.
Shu boisdan, belgilangan yoʻriqnomaga asosan, elektropoyezd mashinisti tomonidan tezkor koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida harakat tarkibidagi nosozlik 5 daqiqa ichida bartaraf etilib, harakat tarkibi faoliyati qayta tiklandi.
Hozirgi vaqtda yoʻnalishdagi poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda, — deyiladi xabarda.