20-fevralga qadar davom etadigan 24-Qishki Olimpiadada 95 davlatning jami 3000 nafarga yaqin sportchilari 7 ta sport turining 15 ta yoʻnalishida 109 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib boryapti. Bugun sportchilar 6 ta medallar jamlanmasi uchun kurashga kirishgan.
Bugungi dastur:
Fristayl. Erkaklar. Erkin dastur – big-eyr.
Togʻ changʻisi. Ayollar. Slalom.
Ayollar. Snoubord-kross. Kichik final. Shundan soʻng Katta final.
Changʻi ikkikurashi. Shaxsiy birinchilik. Odatiy tramplin/10 km.
Short-trek. Erkaklar, 1500 m.
Chana sporti. Ikkilik.
Biroz avval Qishki olimpiya oʻyinlarining beshinchi kunidan oʻrin olgan bahslarda ilk medallar jamlanmasi oʻz egalariga taqdim etildi.
Norvegiyalik fristaylchi Birk Ruud big-eyr yoʻnalishida eng yaxshi natija bilan Olimpiada chempioniga aylandi. Uning oltin medali Norvegiya terma jamoasini medallar jamgʻarish boʻyicha umumjamoa hisobida yana peshqadamga aylantirdi.
Amerikalik Kolbi Stivenson kumush, shvetsiyalik Xenrik Xarlaut bronza medaliga sazovor boʻldi.