Maʼlum boʻlishicha, olib borilayotgan qurilishda 24 yashar fuqaro qulab tushgan beton plita tagida qolib ketgan.
Olingan xabar asosida voqea joyiga boshqarma Yongʻin qutqaruv otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan yetib borib, beton plita ostida qolgan fuqaroni qutqarib olgan, hamda Karman tuman Tibbiyot birlashmasiga yetkazgan.
Fuqaroning ahvoli hozir qoniqarli deb baholangan, deb xabar beradi Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati.