Bir aktyor spektakli namoyish etildi

    Gavhar Zokirovaning sulolasi haqida so'zlab bergan xotiralari barcha uchun birdek qiziqarli bo'ldi.

    Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, Madaniyat va turizm vazirligi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamkorligida noanʼanaviy tadbir tashkil etildi.

    Buyuk sanʼatkor Botir Zokirov tavalludining 87 yilligiga bagʻishlab “Yoshlar ijod saroyi”da Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova ishtirokida “Sulola” nomli bir aktyor spektakli namoyishi boʻldi. Premyerada “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati raisi Baxtiyor Husanov soʻzga chiqib Botir Zokirov va Zokirovlar sulolasi bilan bogʻliq tadbirlar maʼnaviy hayotimizda alohida voqea.

    Chunki bugun ushbu oilaning mislsiz merosi qanchalik qiymatga egaligini biz yanada teranroq anglayapmiz. Men shuni aytishni joiz deb bilamanki, Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludiga bagʻishlangan bugungi tadbir chinakam maʼnoda adabiyot, sanʼat, maʼnaviyat bayramiga aylanayotganini taʼkidladi.

    Tadbirda Oʻzbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov, Nasiba Abdullayeva, Yodgor Saʼdiyev, yosh estrada xonandasi Darxon Komilov hamda “Botir Zokirov” nomidagi estrada simfonik orkestri ishtirok etdi. Gavhar Zokirovaning sulolasi haqida soʻzlab bergan xotiralari barcha uchun birdek qiziqarli boʻldi. Kecha davomida Botir Zokirov tomonidan chizilgan suratlar koʻrgazmasi hamda uning kundaligi asosida yaratilgan kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi.