Tadqiqotning mohiyati qarigan hujayralarni yana yosh hujayralarga aylantirishga qodir Yamanaka genidan foydalanishdan iborat.
Tadqiqotchilar qarigan hujayralarni yosh hujayralarga aylantirish va odamga bir haftadan kamroq vaqt ichida yoshlikni qaytarish mumkinligini taklif qilishmoqda.
“Avval biz bu jarayonni faqat sekinlashtira olardik, endi uni hatto qaytarib olsak ham bo'ladi. Bu jarayon avvallari gen terapiyasini talab qilar edi, bu uning keng qo'llanilishini cheklab qo'yardi. Jarohatlar samaraliroq tiklanadi va faqat bitta tabletka bilan butun tanani yoshartirish orzusi haqiqatga aylanishi mumkin”, dedi mutaxassislar.
Tadqiqotchilarning so'zlariga ko'ra, 2023-yil aprel oyida olingan natijalar juda ijobiy bo'ldi: davolashdan so'ng sutemizuvchilarning miya to'qimalari, buyrak va mushaklari kabi hujayra qarishiga moyil bo'lgan to'qimalar saraton kasalligini keltirib chiqarmasdan qayta dasturlashtirildi, xususan, genni tiklash tajribasida foydalanish samara berdi. Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng, laboratoriyada odamlarning klinik sinovlariga tayyorgarlik ko'rilmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.