Bir haftada salkam 38 mlrd soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

    “Oʻzenergoinspeksiya” soʻngi bir haftada oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 92 ta holat aniqlanganini maʼlum qildi.

    Bunda 15,6 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (32,4 mlrd soʻm) va 1,8 mln metr kub tabiiy gaz (5,4 mlrd soʻm) talon-toroj qilinishi natijasida jami 37 mlrd 921 mln soʻm zarar qayta hisob-kitob qilindi.

    Shuningdek, isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarlik boʻyicha 126 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirildi.

    Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.