Video lavhada nomaʼlum fuqaro tomonidan unga nisbatan bir vaqtda sodir etgan qoidabuzarligi yuzasidan ikkita jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi jarima qarori kelganligi aytilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentyabrdagi 747-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlar shuningdek, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 3-bobi, 9-bandi, birinchi xatboshisining toʻrtinchi kichik bandiga koʻra, videoyozuvda qayd etilgan huquqbuzarlik boʻyicha qaror qabul qilingan yoki maʼmuriy ish yuritilayotgan taqdirda videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlar asosida maʼmuriy ish yuritilmasligi belgilangan. 

Yaʼni, bir huquqbuzarlik boʻyicha qaror qabul qilingan yoki maʼmuriy ish yuritilayotgan vaqtda aynan ushbu huquqbuzarlik boʻyicha videoyozuvlar asosida yana boshqa maʼmuriy ish yuritilmaydi.

Shuningdek, video lavhada izoh berib oʻtgan fuqarodan hududiy YHXBga murojaat qilishini soʻrab, izohda keltirib oʻtilgan jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi jarima qarorlariga albatta aniqlik kiritilishini maʼlum qilamiz, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB matbuot xizmati.