Mutaxassisning taʼkidlashicha, kunlik qabul qilinadigan kaloriya odamning vazniga bogʻliq boʻlishi kerak. Har bir kilogrammga 25-30 kilokaloriya oziq-ovqat mahsuloti isteʼmoli toʻgʻri keladi.
“Umuman olganda ayollar kuniga taxminan 1800-2000, erkaklar esa 2500 kilokaloriya oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmol qilishi meʼyor hisoblanadi”.
Yaʼni doimiy jismoniy mashqlar bilan mashgʻul boʻladigan odamlar koʻproq quvvatga ehtiyoj sezadi. Bu esa koʻproq kaloriyali mahsulot isteʼmol qilishni talab etadi. Kam kaloriyali mahsulot istemoli bunday odamlarning vazn yoʻqotishiga sabab boʻlishi mumkin.