Ushbu texnologiya filmning syomka jarayonlari boshlanishidan avval aktyorlarning harakati, lokatsiyalar va shu kabi muhim jarayonlarni oldindan sahnalashtirib, koʻrib chiqish va kerakli joylarini oʻzgartirish imkoniyatini beradi. Bu esa ish sifati va tezligiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Maʼlumot uchun, kinokartina “Spectre” studiyasi tomonidan suratga olingan boʻlib, unda asosan qahramonlarning komik sarguzashtlarga boy hayotiy voqealari koʻrsatiladi. Film oʻzbek xalqining insoniyligi, anʼanalarining oʻziga xosligi haqida hikoya qiladi.