Mahallalarda oʻtkazilgan tushuntirish-targʻibot tadbirlari natijasida bir necha yillardan buyon tugʻilganlik guvohnomasi yoʻqligidan turli qiyinchiliklarga uchrayotgan oilalar aniqlandi. Hozirda ularga huquqiy yordam koʻrsatib kelinmoqda.
Ana shunday oilalardan biri Yangi Namangan tuman “Guliston” mahallasida yashovchi Kotib Abdurahmonov hamda Dilfuza Shodmonovalardir. Ularning 2006-yil, 2011-yil, 2014-yil tugʻilgan qizlari va 2015-yil tugʻilgan oʻgʻliga onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjati boʻlmaganligi sababli tugʻilish guvohnomasi rasmiylashtirmagan ekan.
Yangi Namangan tuman FHDYO boʻlimi tegishli tashkilotlarga aloqa xatlari bilan murojaat qilib, tugʻilishni qayd etish uchun kerakli maʼlumotlar olindi.
Shundan soʻng bir oilaning 4 farzandiga tugʻilganlik guvohnomalari tantanali tarzda topshirildi.