Bir oyda 1,8 mlrd soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangan gaz toʻldirish shoxobchasi aniqlandi

    Toshkent viloyati Boʻka tumanida bir oyda salkam 2 mlrd soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasi aniqlandi.

    Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, “Trast M” MCHJga qarashli “zapravka”da gazni elektron hisobga olish uskunalariga tashqi taʼsir koʻrsatish orqali hisoblagichlarning xotira maʼlumotlari oʻchirilgan.

    Tabiiy gazni avtomobillarga siqilgan gaz sifatida sotishi oqibatida 28-fevraldan 28-martga qadar 1 mlrd 809,3 mln soʻmlik 1 275 120 metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. Holat yuzasidan kompaniya rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.