Qatarda 7-iyuldan boshlab mahalliy aholi va sayyohlar yopiq joylarda, shu jumladan transportda niqob taqishlari shart. Maʼlum boʼlishicha, mamlakat bir oydan koʼproq vaqt davomida ushbu cheklovlarsiz yashagan. 21-mayda hukumat yopiq jamoat joylarida majburiy niqob taqishni bekor qilgan edi. Bunday himoya vositalaridan faqat tibbiy muassasalarda va transportda foydalanish kerak edi.

Xuddi shunday talab Kiprda 8-iyuldan kuchga kiradi. Sogʼliqni saqlash vaziri Mixalis Xadzipandelasning aytishicha, 12 yoshdan oshgan barcha fuqarolar niqob taqishlari shart. 

Qozogʼistonda ham infektsiyaga chalinganlar soni ortib bormoqda. Rasmiylar fuqarolarga hech boʼlmaganda transportda, vokzallarda va aeroportlarda niqob taqishni tavsiya qilmoqda. Ushbu muassasalar xodimlari uchun himoya vositalaridan foydalanish endi maslahat emas, balki burch hisoblanadi.

Fransiya hukumati aholini bino ichida va transportda niqob taqish rejimiga qaytishga chaqirmoqda. Аmmo rasmiylar niqob taqishni majburiy qilishga hali erta deb hisoblashmoqda. 

Turkiyada Tibbiyot assotsiatsiyasi hukumatni majburiy niqob taqish tartibini qaytarishga chaqirdi. 

Italiya ham koronavirus yuqtirganlar sonining koʼpayishi bashorat qilinmoqda. Shunday qilib, Sogʼliqni saqlash vazirining ilmiy maslahatchisi, professor Valter Richchardi oy oxirigacha SARS-CoV-2 koronavirusining yangi toʼlqini va sentyabr oyi oʼrtalarida maktablar qayta ochilgandan soʼng oktyabrgacha favqulodda holat qaytishini taxmin qilmoqda.

U 80 yoshdan oshganlar va bolalarni emlashni davom ettirish zarur, deb hisoblaydi. Richchardi nafaqat Italiyada, balki butun Yevropada yopiq joylarda majburiy niqob taqishni bekor qilishni xato deb atadi.