Bu imkoniyatdan foydalangan tadbirkorlarga 1 milliard dollar kreditlar berildi.
Shuningdek, mikro-moliya tashkilotlarini ochish tartibi osonlashtirildi. Buning natijasida mamlakatimizda banklarga muqobil kreditlar bozori paydo boʻldi.
Bojxona hududida qayta ishlash tizimi soddalashtirildi. Natijada ushbu bojxona rejimidan foydalanuvchi tadbirkorlar soni 2 barobarga koʻpaydi.
Misol uchun, bir yil ichida ushbu imkoniyat orqali 455 million dollarlik mahsulot eksport qilindi.
Ilgari yangi tadbirkorlar uchun “kirish qiyin boʻlgan” 119 ta faoliyat boʻyicha litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi yoki xabardor qilish shakliga oʻtkazildi. Birgina respublika hududida yuklarni avtomobilda tashish kabi faoliyat boʻyicha litsenziyalarni bekor qilish hisobiga yuk tashish hajmi 1,5 baravarga oshdi.