“Qolgandaryo” massivi hududidagi kanal va sohil boʻyi mintaqalaridagi yangi oʻzlashtirilgan yerlarga daraxt koʻchatlari ekish uyushqoqlik bilan boshlandi.
Bugun Furqat tumani hokimligi boshchiligida sektorlar rahbarlari, FVB va IIB xodimlari, fermer xoʻjaliklari aʼzolari ishtirokida yangi oʻzlashtirilgan 10 km masofadagi yerlarning 4 km. qismiga 15 ming dona sanoatbop terak koʻchatlari ekildi.
Ekish mavsumi davomida shu hududning oʻziga 30 ming dona, yangidan oʻzlashtiriladigan boshqa yerlarga 40 ming dona koʻchatlar ekish koʻzda tutilgan.