Bu yerdagi “Yashil” universitet hududida “Ilm – loyiha – amaliyot” zanjiri asosida barpo etilayotgan “in-vitro” laboratoriyasi, Dorivor oʻsimliklar hamda Urugʻchilik va seleksiya markazlari ham shu yilning oʻzida ishga tushiriladi.

Prezidentimiz tadbirda qatnashayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oʻrmonlar boʻyicha forumi raisi Ismoil Belen, ushbu forumning Kotibiyati direktori Julet Biao, xorijiy davlatlarning Oʻzbekistondagi diplomatik korpusi vakillari hamda barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Shundan soʻng Prezidentimiz tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bogʻining ilk 5 gektarida manzarali koʻchatlar ekishga kirishdi.

Bu bilan bir vaqtda respublikamiz hududlarida 21 mingga yaqin yurtdoshlarimiz yana 164 gektar maydonda 88 ming tup koʻchat oʻtqazadi.