Qarorga koʻra, quyidagilar tasdiqlandi:
▫️issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010-yildagi darajadan 35 foizga qisqartirish;
▫️qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatini 15 GVtga oshirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 30 foizidan koʻprogʻiga yetkazish;
▫️sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20 foizga oshirish;
▫️yalpi ichki mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan energiya sarfi hajmini 30 foizga kamaytirish;
▫️suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, 1 million gektargacha maydonda suv tejovchi sugʻorish texnologiyasini joriy etish;
▫️yiliga 200 million koʻchat ekish va koʻchatlarning umumiy sonini 1 milliarddan oshirish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 30 foizdan ortiqroqqa kengaytirish;
▫️respublika oʻrmon fondi zaxiralari koʻrsatkichini 90 million kub metrdan ortiqroqqa yetkazish;
▫️hosil boʻladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini 65 foizdan oshirish.
2023-yil 1-iyundan mahsulotlarni ishlab chiqarishda ekologiya va atrof-muhitga taʼsirni cheklash boʻyicha qoʻyilayotgan talablar asosida “yashil sertifikatlar" tizimi joriy etiladi.
2024-yil 1-yanvardan:
🔹 barcha issiqxona gazlarini qamrab oluvchi Iqlim oʻzgarishi sohasida monitoring, hisobot berish va tekshirishning zamonaviy tizimi (MRV) yoʻlga qoʻyiladi;
🔹yangi quriladigan, quvvati 1 MVtdan yuqori boʻlgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish boʻyicha investitsiya loyihalari doirasida ushbu stansiyalarning oʻrnatilgan quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam boʻlmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi majburiy tartibda joriy etiladi.
2023-yil 1-maygacha “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.