Soliq qoʻmitasi ushbu sohadagi shaffoflikni taʼminlab, agregatorlar integratsiyasi orqali qonuniy aylanmaning oʻsishiga va yashirin faoliyat ulushining kamayishiga erishgan.
Oʻtgan yil yakunlariga koʻra, 155 ta taksi agregatori soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan.
Oʻtgan yili aprelda 6 ta, avgustda 142 ta edi. Jami 320 mln. marta yoʻlovchi tashish amalga oshirilgan.
Yoʻlovchi tashish aylanmasi 5,9 trln. soʻmga yetdi. Shundan, 4,5 trln. soʻm yoki 76,3 foiz naqd toʻlovlar, 1,4 trln. soʻm yoki 23,7 foiz naqdsiz toʻlovlarni tashkil etadi.
Oʻrtacha bitta chek 18 ming 456 soʻmni tashkil etgan.
Agregatorlar orqali yoʻlovchi tashish bilan 498 mingga yaqin oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilar shugʻullanmoqda. Haydovchilarning yarmidan koʻpi (57 foiz) 30-50 yoshda – 283 680 kishi, 30 yoshgacha – 179 245 kishi (36 foiz), 50 yoshdan kattalar – 35 004 kishi (7 Foiz).
Shundan ayol haydovchilar soni deyarli 4 barobarga oshgan: oʻtgan yil boshida 1 053 nafar, yil oxiriga kelib 4 124 nafar ayol faoliyat yuritmoqda.
Yil davomida taksi xizmatini koʻrsatgan 4,7 mingga yaqin haydovchi 100 mln. soʻmdan ortiq daromad olgan.
50-100 mln. soʻm – 23,1 ming haydovchi, 10-50 mln. soʻm – 114,6 ming haydovchi, 5-10 mln. soʻm – 63,5 ming haydovchi, 1-5 mln. soʻm – 136,4 ming haydovchi, 1 mln. soʻmgacha – 155,5 ming haydovchi.
Agregatorlar 2024-yilda 156,8 mlrd. soʻm soliq shundan, QQS 66,2 mlrd. soʻm toʻladi.
Soliq qoʻmitasining maʼlum qilishicha, 2024-yilda Oʻzbekistonda taksi bozorini legallashtirish yoʻlida muhim bosqich boʻldi.