– birinchidan, neftni qayta ishlash korxonalari tomonidan 2021 yil 17 noyabrdan boshlab birja savdolariga qo'yiladigan kunlik umumiy avtomobil` benzini hajmining kamida 20 foizini 1 tonnalik lotlarda qo'yilishi ta'minlandi;
– ikkinchidan, birja savdolariga qo'yilayotgan avtomobil` benzini xaridorlariga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida, bir savdo sessiyasida bir xaridor tomonidan xarid qilinadigan mahsulot hajmlarining maksimal miqdorini 60 tonnalik lotlar bo'yicha 120 tonna hamda 1 tonnalik lotlar bo'yicha 10 tonna miqdorida (limit) belgilandi;
– uchinchidan, birja savdolariga qo'yilayotgan avtomobil` benzinini kunlik qo'yiladigan hajmlari oshirildi.
Ko'rilgan amaliy tadbirlar natijasida, joriy yilning 15 noyabrga nisbatan 17 noyabr` kuni:
birja savdolariga qo'yilgan AI-80 markali avtomobil` benzinining o'rtacha sotilish narxlari 1 tonnasi 10 129 ming so'mdan 9 365 ming so'mga tushib, 8 foizga arzonlashdi, shu bilan birga ;
birja savdolari orqali benzin sotib oluvchi kunlik xaridorlar soni 3,5 barobarga oshdi (32 tadan 112 taga).
Ta'kidlash joizki, yuqoridagi ko'rsatilgan chora-tadbirlar bu vaqt talab qiladigan masala va tabiiyki ushbu davrda avtomobillarga yonilg'i quyish shahobchalari tomonidan ilgari sotib olingan qimmat narxdagi benzin zaxiralari hisobiga yuqori chakana narxlar saqlanib qolishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi benzin narxlari bo'yicha batafsil ma'lumotlarini o'zining rasmiy sahifalari orqali berib boradi.