Energetika sohasida yuzaga kelgan vaziyatni normallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilanib, unga koʻra birja sotuvlariga qoʻyilayotgan AI-80 benzinining kunlik hajmini oshirish hamda benzin narxining asossiz oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik, narx oshishi boshlangʻich narxning 5 foizidan ortiq boʻlmasligini taʼminlash vazifasi belgilandi.

Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash boʻyicha, bugun 4010 tonna AI-80 markali benzin birja savdolariga qoʻyildi.

Jumladan, bugun birja savdolarida 1 tonna AI-80 benzini oʻrtacha 7000 soʻmdan, yaʼni boshlangʻich narxiga nisbatan 5 foizdan oshmagan holda sotilishi taʼminlandi.

7-dekabr kuni 1 tonna benzin oʻrtacha 8140 soʻmdan sotilgan boʻlsa, narxlar bugundan birja savdolarida oʻrtacha 14 foizgacha arzonlashgan.