Viloyat IIB bergan xabarga koʻra, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, mazkur jinoyatni Asaka tumanida yashovchi 23 yoshli S.Q. va 31 yoshli Q.I.lar ikki nafar tanishlari bilan birga sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Shuningdek, yuqoridagi shaxslardan jabrlangan fuqarolar boʻlsa, IIOga murojaat qilish soʻralmoqda.